Valyuta kurslari 02/09/2025
$1 – 12460.70
UZS – -0,17%
€1 – 14545.38
UZS – 0,03%
₽1 – 155.06
UZS – -0,11%
Qidirish
O‘zbekiston – AQSH: Tibbiyot yo‘nalishidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

O‘zbekiston – AQSH: Tibbiyot yo‘nalishidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

O‘zbekiston – AQSH: Tibbiyot yo‘nalishidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Sog‘liqni saqlash vazirligida mamlakatimizga amaliy tashrif bilan kelgan AQSH Prezidentining global hamkorlik masalalari bo‘yicha maxsus vakili Paolo Zampolli hamda ushbu davlatning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Jonatan Xenik bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Muloqot avvalida Sog‘liqni saqlash vaziri Asilbek Xudayarov yuqori martabali mehmonni yurtimizga tashrifi bilan qutlab, keyingi yillarda davlatlarimiz o‘rtasida tibbiyot sohasidagi aloqalar tobora mustahkamlanib borayotganligini qayd etdi.

O‘z navbatida, P.Zampolli O‘zbekistonda barcha sohalar qatori, sog‘liqni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarni yuqori baholadi.

Uchrashuv davomida tomonlar AQSH kompaniyalari bilan birgalikda dori-darmon va farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarish, tibbiyot muassasalarini boshqarish, mutaxassislarni o‘qitish va ularning malakasini oshirish, yurtimizdagi shifoxonalarni yuqori texnologiyali uskunalar bilan taʼminlash masalalarini muhokama qildi.

Shuningdek, AQSH standartlari asosida o‘rta tibbiyot xodimlarini tayyorlash dasturini ishlab chiqish va keyinchalik ushbu mutaxassislarni qonuniy asosda xorijda ish bilan taʼminlash masalalari ko‘rib chiqildi.

Muloqot yakunida P. Zampolli O‘zbekiston AQSH uchun mintaqadagi ishonchli strategik hamkor ekanini taʼkidlab, Amerika tomoni sog‘liqni saqlash sohasiga doir shu kabi istiqbolli loyihalarni amalga oshirishga tayyor ekanligini maʼlum qildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling