Valyuta kurslari 25/07/2025
$1 – 12653.48
UZS – -0,85%
€1 – 14871.64
UZS – -0,71%
₽1 – 159.75
UZS – -1,79%
Qidirish
Iqtisod 25/07/2025 O‘zbekiston aeroportlari olti oyda 7 milliondan ortiq yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatdi

O‘zbekiston aeroportlari olti oyda 7 milliondan ortiq yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Uzbekistan Airports boshqaruv kompaniyasi 2025-yilning birinchi yarmini barcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha o‘tgan yilga nisbatan o‘sish bilan yakunladi.

Jumladan, mazkur davr yakunlariga ko‘ra, respublika xalqaro aeroportlari 7 059 084 nafar yo‘lovchiga, shu jumladan, ichki yo‘nalishda 1 252 724 nafar, xalqaro yo‘nalishda esa 5 806 359 nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatgan. 2024-yilning shu davriga nisbatan o‘sish 10 foizni tashkil etdi.

Mamlakat aeroportlari tomonidan amalga oshirilgan reyslar soni 12 foizga oshib, 59 960 tani tashkil etdi, shundan ichki yo‘nalishlarda 17 553 ta, xalqaro yo‘nalishlarda 42 407 ta reys amalga oshirildi.

"Koʻrsatkichlar oʻsishiga yangi aviakompaniyalarni jalb qilish, yangi yoʻnalishlar ochish, shuningdek, xizmat koʻrsatish sifatini oshirish va yoʻnalishlar tarmogʻini kengaytirish boʻyicha olib borilayotgan ishlar hisobiga erishildi. Biz Oʻzbekistonga sayyohlik va tranzit yoʻnalish sifatida doimiy qiziqishni koʻrmoqdamiz. Yoʻlovchilar oqimi va reyslar soni ortib borayotgani yoʻlovchilarning aeroport va xizmatlarimizga boʻlgan ishonchi koʻrsatkichidir”, - deya taʼkidladi Uzbekistan Airports matbuot xizmati.

O‘zbekistonning eng yirik aeroporti – “Toshkent” aeroporti birinchi yarim yillikda 4 587 253 nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatgan bo‘lib, shundan 3 966 590 nafari xalqaro, 620 663 nafari ichki reyslarni amalga oshirgan. 6 oyda poytaxt aeroportiga jami 37 526 ta reys amalga oshirildi, bu oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 18 foizga koʻpdir.

Yilning birinchi yarmida mamlakatimiz aeroportlarida 38 863 tonna yuk va pochta jo‘natmalari o‘tkazildi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan bir xil darajada saqlanib qoldi.

O’zbekistonga parvozlarni amalga oshiruvchi aviakompaniyalar 60 taga, jumladan, rezident 7 ta va charter reyslarni amalga oshiruvchi aviakompaniyalar soni 12 taga yetdi.

#Uzbekistan Airports  
Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling