Valyuta kurslari 19/03/2025
$1 – 12935.68
UZS – -0,06%
€1 – 14164.57
UZS – 0,4%
₽1 – 158.80
UZS – 3,32%
Qidirish
O‘zbekiston 18/03/2025 O‘zbekiston adliya vazirining yangi o‘rinbosari tayinlandi

O‘zbekiston adliya vazirining yangi o‘rinbosari tayinlandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Noʻmon Muhammadiyev O‘zbekiston adliya vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi. Tegishli farmon prezident tomonidan imzolandi.

Adliya vazirligi maʼlumotiga ko‘ra, 43 yoshli Noʻmon Muhammadiyev Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan. U yuridik maʼlumotga ega bo‘lib, birinchi darajali adliya maslahatchisi unvoniga ega. 2024 yilda «Fidokorona xizmatlari uchun» medali bilan taqdirlangan.

Faoliyatini 2004 yilda Adliya vazirligining bir bo‘limida katta maslahatchi sifatida boshlagan. 2009–2013 yillarda Toshkent shahar adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan. 2016–2023 yillarda Adliya vazirligining turli lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Hozirgi tayinlovga qadar Toshkent shahar adliya boshqarmasiga rahbarlik qilgan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling