Ozarbayjonning Agro Dairy va Milla kompaniyalari O‘zbekistonda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishi mumkin
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 29-mart kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Ozarbayjonning “Agro Dairy” va “Milla” kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashdi.
Uchrashuvda qishloq xo‘jaligi sanoati sohasida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish, qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish hamda qishloq xo‘jaligi va sut mahsulotlari yetkazib berish hajmini oshirish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar muhokama qilingan yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlikni kengaytirishga o‘zaro tayyor ekanliklarini bildirdilar hamda O‘zbekistonda o‘z brendi ostida mahsulotlar yetkazib berish hamda sut va sut mahsulotlarini ishlab chiqarish korxonasini tashkil etish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi.
“Agro Dairy” kompaniyasi Ozarbayjonning yetakchi qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchisi bo‘lib, dehqonchilik va chorvachilik yo‘nalishlarida ilg‘or texnologiyalarni joriy etib keladi. “Milla” esa mintaqadagi eng yirik sut mahsulotlari ishlab chiqaruvchilaridan biri bo‘lib, eksport bozorlarini kengaytirishga alohida e’tibor qaratadi.