Valyuta kurslari 22/11/2024
$1 – 12844.21
UZS – -0,09%
€1 – 13508.26
UZS – -0,46%
₽1 – 127.35
UZS – -0,63%
Qidirish
Moliya 14/11/2024 Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonda davlat xaridlarini professionallashtirish tizimini takomillashtirishga ko‘maklashadi

Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonda davlat xaridlarini professionallashtirish tizimini takomillashtirishga ko‘maklashadi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 11-noyabr kuni Iqtisodiyot va moliya vazirligida Osiyo taraqqiyot banki (OTB) vakillari bilan Oʻzbekistonda davlat xaridlari sohasidagi amalga oshirilayotgan loyihalar muhokamasi bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari Gulnora Raximova boshchiligidagi vazirlik vakillari, OTBning xaridlar bo‘yicha mutaxasslari Julian Dotsi va Yorqin Alimovlar ishtirok etdi.

Ushrashuv davomida davlat xaridlariga tadbirkorlik subyektlarini jalb qilish maqsadida kelgusi yilda o‘tkazilishi rejalashtirilgan tadbirlar, davlat xaridlarida salohiyatni oshirish bo‘yicha amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan loyihalar, O‘zbekistonda davlat xaridlarini kasbiylashtirish tizimini takomillashtirish va boshqa masalalar atroflicha muhokama qilindi.

Shu bilan birga, OTB vakillari mamlakatimizning davlat xaridlari tizimini yanada takomillashtirish, shu jumladan, davlat xaridlarida mahalliy ishlab chiqaruvchilar ishtirokini rag‘batlantirish hamda “yashil” xaridlarni rivojlantirishga qaratilgan sa’y-harakatlarga ko‘maklashishga tayyorligi bildirildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar rejalashtirilgan tadbirlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling