Valyuta kurslari 05/09/2025
$1 – 12437.15
UZS – 0,51%
€1 – 14480.57
UZS – 0,39%
₽1 – 153.34
UZS – 0,14%
Qidirish
Oppenheimer Andijon viloyatidagi uchta yirik loyihaga 1,2 milliard dollar sarmoya kiritishga tayyor

Oppenheimer Andijon viloyatidagi uchta yirik loyihaga 1,2 milliard dollar sarmoya kiritishga tayyor

Oppenheimer Andijon viloyatidagi uchta yirik loyihaga 1,2 milliard dollar sarmoya kiritishga tayyor

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Andijon viloyati hokimi boshchiligidagi delegatsiyamiz “Oppenheimer” kompaniyasi boshqaruv direktori Jon Tonelli bilan uchrashuv o‘tkazdi. Mazkur kompaniya AQSHdagi yirik moliyaviy-xizmat ko‘rsatuvchi hisoblanadi. Nyu-York shahrida joylashgan bo‘lib, faoliyati moliya, investitsiya, brokerlik xizmatlariga qaratilgan.

O‘zbekistonning Vashingtondagi elchixonasi bosh ofisida kechgan uchrashuvda Andijon viloyatida amalga oshiriladigan loyihalar bo‘yicha taqdimot qilindi.

Jumladan, qiymati 180 million dollar bo‘lgan to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish va tayyorlash uchun zamonaviy korxonalar qurishga mo‘ljallangan tekstil sanoat zonasi. Shuningdek, qiymati 20 million dollarga teng bo‘lgan Xonobod shahrini mahalliy va xalqaro sayyohlar uchun jozibador markazga aylantirishga qaratilgan “Sunʼiy dam olish ko‘li” loyihasi va qiymati 1 milliard dollarlik “Yangi Andijon” shaharsozlik loyihasi muzokaralar markazida bo‘ldi.

Tomonlar iqtisodiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha tahlillarni muhokama qildilar. Asosiy eʼtibor sarmoyaviy yunalishga qaratildi. Kelishuv natijalariga ko‘ra, “Oppenheimer” kompaniyasi ushbu yirik loyihalarni moliyalashtirish jarayonlarida ishtirok etishga tayyor ekanligini maʼlum qildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling