Oʻzbekistonda ichimlik va oqova suv taʼminotini rivojlantirishga bagʻishlangan davra suhbati oʻtkazildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 16-iyul kuni xalqaro moliya va taraqqiyot institutlari ekspertlari, vazirlik va idoralar vakillari hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – Iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari o‘rinbosari Temur Butunbayev ishtirokida “Oʻzbekistonda ichimlik va oqova suv taʼminotini rivojlantirishda innovatsion yondashuvlar” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi.
Davra suhbatining maqsadi ichimlik suv taʼminoti va oqova suv xizmatlari sohasi aholi turmush darajasini oshirishdagi muhim rolini inobatga olgan holda, sohani rivojlantirish boʻyicha qisqa va uzoq muddatli maqsadlarni belgilash, ichimlik va oqova suv taʼminotini yaxshilash boʻyicha ishlab chiqilayotgan hujjatlar yuzasidan fikr almashish va innovatsion yondashuvlarni taklif etish hamda xalqaro tajribani integratsiya qilishdan iborat bo‘ldi.
Tadbir davomida ishtirokchilar tomonidan Oʻzbekistonda barqaror ichimlik suv taʼminoti va oqova suv xizmatlari sohasini rivojlantirishda yangi yondashuvlar, moliyalashtirish mexanizmlari va xalqaro amaliyotlar asosida zamonaviy yechimlar muhokama qilindi.
Xususan, davra suhbati doirasida sohaning kelgusi rivojlanishi uchun qator masalalar koʻrib chiqildi:
Davra suhbati yakunida ishtirokchilar Oʻzbekistonda ichimlik va oqova suv taʼminoti xizmatlarini rivojlantirish, sohada samarali boshqaruvni taʼminlash, investitsiyalarni jalb qilish va aholi uchun sifatli suv taʼminotini yoʻlga qoʻyishda hamkorlikni rivojlantirish hamda fikrlar almashinuvi jarayonlarini kengaytirishga tayyor ekanliklarini bildirdi.