Nukusdagi o‘quv maydonida portlash sodir bo‘ldi, harbiy xizmatchilar jarohatlandi — UzDaily.uz
Valyuta kurslari 11/09/2025
$1 – 12360.86
UZS – 0,05%
€1 – 14479.51
UZS – -0,41%
₽1 – 145.66
UZS – -1,9%
Qidirish
Nukusdagi o‘quv maydonida portlash sodir bo‘ldi, harbiy xizmatchilar jarohatlandi

Nukusdagi o‘quv maydonida portlash sodir bo‘ldi, harbiy xizmatchilar jarohatlandi

Nukusdagi o‘quv maydonida portlash sodir bo‘ldi, harbiy xizmatchilar jarohatlandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Nukusdagi o‘quv maydonida portlash sodir bo‘ldi, natijada o‘nga yaqin harbiy xizmatchi jarohat oldi, deb xabar qildi Milliy gvardiya.

O‘zA xabariga ko‘ra, 10 sentyabr kuni Nukus dala o‘quv maydonida amaliy o‘quv mashg‘uloti tashkillashtirilgan. Mashg‘ulot davomida o‘quv mashg‘uloti uchun mo‘ljallangan portlovchi maxsus vositaning detonatsiya shnuri chaqnashi natijasida kichik portlash yuzaga kelib, mashg‘ulot ishtirokchilaridan 10 ga yaqin harbiy xizmatchi turli darajadagi tan jarohatlari olishgan. 

Ularga o‘z vaqtida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan va hozirda ko‘rilgan zarur choralar natijasida harbiy xizmatchilarning sog‘ligi tiklanmoqda.

Holat yuzasidan esa xizmat surishtiruvi tayinlangan bo‘lib, hozirda mutasaddi rahbarlar tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling