Valyuta kurslari 15/09/2025
$1 – 12426.83
UZS – -0,16%
€1 – 14566.73
UZS – 0,14%
₽1 – 146.96
UZS – 0,6%
Qidirish
Navbaxor Hamidova boks bo‘yicha jahon chempionatida kumush medalga ega bo‘ldi

Navbaxor Hamidova boks bo‘yicha jahon chempionatida kumush medalga ega bo‘ldi

Navbaxor Hamidova boks bo‘yicha jahon chempionatida kumush medalga ega bo‘ldi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Liverpulda o‘tayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatida Navbaxor Hamidova kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Final jangda o‘zbekistonlik sportchi qozog‘istonlik Aida Abikeyevaga qarshi ringga chiqdi.

Hamidova jangni ishonchli boshlab, hakamlar qaroriga ko‘ra birinchi raundni 3:2 hisobida yutib oldi.

Ikkinchi raundda har ikki sportchi faol harakat qildi, ammo aniq zarbalar soni bo‘yicha o‘zbekistonlik bokschi ustun kelib, hisobni 4:1 qilib ustunligini mustahkamladi.

Shu bilan birga, so‘nggi raundda charchoq sezildi va tashabbus raqib tomonga o‘tdi. Hakamlar yakdil qaror bilan g‘alabani Abikeyevaga topshirishdi.

Shu tariqa, Liverpuldagi jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi hisobida beshta oltin, birta kumush va uchta bronza medali mavjud.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling