Namanganda Fahim Brothers qo‘shma korxonasi ochiladi — UzDaily.uz
Valyuta kurslari 09/09/2025
$1 – 12439.41
UZS – -0,65%
€1 – 14583.96
UZS – -0,34%
₽1 – 151.87
UZS – -1,19%
Qidirish
Namanganda Fahim Brothers qo‘shma korxonasi ochiladi

Namanganda Fahim Brothers qo‘shma korxonasi ochiladi

Namanganda Fahim Brothers qo‘shma korxonasi ochiladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston charm sanoatiga xalqaro qiziqish kun sayin ortmoqda. Bu gal mamlakatimizga Pokistonning yetakchi korxonalaridan iborat delegatsiya tashrif buyurdi. Maqsad – mahalliy ishlab chiqarish bilan yaqindan tanishish, hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini topish va qo‘shma loyihalarga asos solish.

Tashrif davomida mehmonlar “Ohangaron Tabiiy Charm”, “Hamkor Nur Savdo” va “Gold Leather Export Import” kabi taniqli korxonalarimizda bo‘lib, ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.

Pokistonning mashhur “Fahim Brothers” kompaniyasi Namanganda faoliyat yuritayotgan “Gold Leather Export Import” bilan muzokaralar olib bordi. Muloqot natijasida qo‘y terisini qayta ishlashga ixtisoslashgan qo‘shma investitsiya loyihasini amalga oshirish rejalashtirilmoqda.

Bu tashabbus mahalliy resurslardan samarali foydalanish, qayta ishlash hajmini oshirish va eksport geografiyasini kengaytirishga xizmat qiladi.

Shu bilan birga, delegatsiya tarkibidagi yana bir yirik kompaniya — “Mamba Fashion” hamda bir nechta pokistonlik sheriklar “Ohangaron Tabiiy Charm” MChJ faoliyati bilan tanishdi. Tomonlar yarim tayyor charm — Wet-Blue mahsulotini xarid qilish bo‘yicha kelishib oldi. Bu kelishuv ikki davlat kompaniyalari o‘rtasidagi savdo aloqalarini yanada mustahkamlashi kutilmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling