Market Yandex Go O‘zbekistonning yana sakkiz hududida ishga tushdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Endilikda Farg‘ona, Andijon, Namangan, Buxoro, Jizzax, Sirdaryo va Qashqadaryo viloyatlari, shuningdek Navoiy shahri aholisi Yandex Go ilovasidagi Market xizmati orqali mahsulotlar buyurtma qilishi mumkin. Xizmatda shaxsiy qiziqishlarga mos tavsiyalar lentasi mavjud bo‘lib, foydalanuvchilar tovarlarni xususiyatlari va narxlari bo‘yicha taqqoslash imkoniga ega.
Market Yandex Go‘da elektronika va maishiy texnika, uy va ta’mirlash uchun mahsulotlar, kiyim-kechak va poyafzallar, go‘zallik va shaxsiy parvarish mahsulotlari va boshqalarni xarid qilish mumkin. Xizmatda Yandex Factory — Market'ning o‘z brendi ostidagi mahsulotlar ham taklif etilmoqda.
Yangi hududlarda buyurtmalarni kuryer orqali yetkazib berish xizmati allaqachon ishga tushirilgan. Buxoro, Farg‘ona va Marg‘ilon shaharlarida esa bir kunlik muddatdan boshlab buyurtmani BTP (Buyurtma tarqatish punktlari) orqali olish imkoni mavjud. Yaqin vaqt ichida BTP xizmati boshqa hududlarda ham faoliyat yuritishi rejalashtirilgan. To‘lov ilovada karta orqali yoki BTPda naqd-karta orqali to‘lash mumkin.
Market Yandex Go foydalanuvchilari uchun Yandex Split xizmatidan foydalanish imkoni mavjud. U orqali xarid qilayotgan mahsulotning bir qismini darhol to‘lab, qolgan qismini 2, 4 yoki 6 oylik grafik bo‘yicha kartadan avtomatik tarzda to‘lash mumkin.
START50 promokodi orqali xizmatga ilk bor murojaat qiluvchilar uchun birinchi buyurtmada 50% chegirma taqdim etiladi. Maksimal chegirma miqdori — 50 000 so‘m. Aksiyadan 2025 yil 31 oktyabrgacha foydalanish mumkin.
Bugungi kunda Market Yandex Go xizmati O‘zbekistonning 10 ta hududida Toshkent viloyati, Samarqand, Farg‘ona, Andijon, Namangan, Buxoro, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo viloyatlari va Navoiy shahrida ishlamoqda. Kompaniya 2025 yilning oxirigacha butun mamlakat bo‘ylab xizmat ko‘rsatishni rejalashtirmoqda.