Valyuta kurslari 17/07/2025
$1 – 12758.36
UZS – -0,15%
€1 – 14820.11
UZS – -0,74%
₽1 – 163.34
UZS – -0,41%
Qidirish
Moliya 16/07/2025 Malayziya Markaziy banki rahbariyati bilan uchrashuv oʻtkazildi

Malayziya Markaziy banki rahbariyati bilan uchrashuv oʻtkazildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025-yil 15-iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi delegatsiyasi Malayziya Markaziy banki rahbariyati bilan uchrashuv oʻtkazdi. Uchrashuv davomida Oʻzbekiston delegatsiyasi Malayziya Markaziy bankining (Bank Negara Malaysia) islomiy banklar va moliya muassasalarini litsenziyalash, nazorat qilish va tartibga solish, shariat talablariga muvofiqlikni taʼminlash, shuningdek, likvidlikni boshqarish sohasidagi tajribasi bilan yaqindan tanishdi.

Tomonlar, shuningdek, mazkur yoʻnalishlarda amalga oshirilayotgan tartibga soluvchi islohotlar, amaldagi ichki normativ-huquqiy hujjatlar va qoʻllanayotgan amaliy mexanizmlar boʻyicha axborot almashdilar.

Uchrashuv yakunida ikki mamlakat markaziy banklari oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, jumladan, bilim va ilgʻor tajriba almashish yoʻnalishlarida hamkorlik oʻrnatish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling