Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimi samaradorligi oshiriladi — UzDaily.uz
Valyuta kurslari 11/09/2025
$1 – 12360.86
UZS – 0,05%
€1 – 14479.51
UZS – -0,41%
₽1 – 145.66
UZS – -1,9%
Qidirish
Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimi samaradorligi oshiriladi

Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimi samaradorligi oshiriladi

Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimi samaradorligi oshiriladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimi samaradorligini oshirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi.

Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini takomillashtirishning asosiy maqsadlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:

yoshlar muammolari bilan individual va manzilli ishlash orqali yoshlar yetakchilari faoliyati samaradorligini oshirish;

yoshlarning kasbiy qiziqishlarini barvaqt aniqlash orqali mehnat bozoriga raqobatbardosh kadr sifatida kirib borishini taʼminlash.

Farmonga ko‘ra, quyidagilar mahallalardagi yoshlar yetakchilarining asosiy vazifalari etib belgilandi, jumladan:

yoshlarning o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshirish, jamiyat uchun foydali loyihalarni mahalla darajasida amalga oshirish;

yoshlarning iqtidorini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish, “Besh tashabbus olimpiadasi”ni yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib qilish;

mehnat bozoriga kirib kelayotgan yoshlarning tadbirkorlik ko‘nikmalarini kuchaytirish orqali bandligiga ko‘maklashish;

“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga ko‘rsatiladigan yordamning ijtimoiy hamkorlik tamoyiliga asoslanishini taʼminlash.

Ushbu asosiy vazifalarga bog‘liq bo‘lmagan boshqa vazifa va topshiriqlarni yoshlar yetakchilari zimmasiga yuklash taqiqlanadi.

2026 yil 1 fevralgacha “Yoshlar daftari” va “Yoshlar portali” elektron platformalari negizida quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘lgan “Yoshlar yagona elektron platformasi” axborot tizimi yaratiladi, jumladan:

yoshlarning demografik va ijtimoiy holati, bandligi, taʼlim olishiga oid maʼlumotlar asosida “Yoshlar balansi”ni shakllantirish;

yoshlarning qiziqishlarini aniqlash bo‘yicha sotsiologik so‘rovlar o‘tkazish, uning natijalarini avtomatik tahlil qilish;

yoshlarga oid mavjud imtiyoz, preferensiya va imkoniyatlar to‘g‘risida maʼlumot berish.

2026 yil 1 fevraldan “Yoshlar daftari” jamg‘armasidan ko‘rsatiladigan ijtimoiy yordamlar bo‘yicha arizalarni taqdim etish va natijasi bo‘yicha qaror qabul qilish bilan bog‘liq barcha maʼmuriy tartib-taomillar YAIDXP (my.gov.uz) hamda Yoshlar yagona elektron platformasi orqali amalga oshiriladi.

2026 yildan har yili Yoshlarga oid davlat siyosatining amalga oshirilishi to‘g‘risidagi milliy maʼruzani eʼlon qilish amaliyoti joriy etiladi.

Milliy maʼruza har yili 30 iyun – Yoshlar kuni arafasida Yoshlar ishlari agentligi tomonidan eʼlon qilib boriladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling