Valyuta kurslari 22/08/2025
$1 – 12413.79
UZS – -0,42%
€1 – 14468.27
UZS – -0,34%
₽1 – 154.86
UZS – -0,36%
Qidirish
Madaniyat 23/08/2025 Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov yana reklamada ko‘rindi

Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov yana reklamada ko‘rindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov yana reklamada qatnashgani uchun eʼtibor markaziga tushdi.

4 iyul kuni Kokand University‘ning rasmiy sahifasida vazir yoshlarni Andijon filialiga o‘qishga chaqirayotgani aks etgan videorolik joylashtirildi.

Reklama to‘g‘risidagi qonunning 16-moddasiga ko‘ra, reklama materiallarida davlat organlari yoki mansabdor shaxslar tovar yoki xizmatni maʼqullagani haqida ko‘rsatish taqiqlanadi. Shuning uchun choralar faqat universitetning o‘ziga nisbatan qo‘llanilishi mumkin.

Agar ushbu videorolikni vazirning shaxsiy sahifalarida o‘zi joylashtirganida, bu holat qonunbuzarlik sifatida baholanar edi. Davlat xizmatchisining harakatlariga baho berish huquqi esa Faoliyat samaradorligini baholash agentligiga tegishli.

Bundan tashqari, «Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida»gi qonunning 13-moddasi mansabdor shaxslarga boshqa haq to‘lanadigan faoliyat bilan shug‘ullanishni (pedagogik, ilmiy va ijodiydan tashqari), shuningdek, xizmat vazifalarini bajarish yoki bajarmaslik uchun mukofot va sovg‘alar olishni qatʼiy taqiqlaydi.

Bu ilk holat emas: 2024 yilda ham Nazarbekov erkaklar kiyim-kechak do‘koni reklama roligida ishtirok etgan edi. O‘shanda Raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi do‘konni reklama to‘g‘risidagi qonunni buzgan deb topib, unga 23,8 million so‘m jarima solgan. Biroq vazirning o‘zi javobgarlikka tortilmagan, chunki u rasmiy ravishda reklama buyurtmachisi yoki tarqatuvchisi hisoblanmagan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling