Valyuta kurslari 02/04/2025
$1 – 12925.20
UZS – -0,09%
€1 – 13982.48
UZS – 0,32%
₽1 – 152.58
UZS – -1,27%
Qidirish
Iqtisod 29/03/2025 Londonda “O‘zbekiston investorlar kuni” bo‘lib o‘tdi

Londonda “O‘zbekiston investorlar kuni” bo‘lib o‘tdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 26-27 mart kunlari Buyuk Britaniyaning London shahrida “Raiffeisen Bank International” va “Finasia Capital” tomonidan tashkil etilgan “O‘zbekiston investorlar kuni” tadbirlarida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, “Uzassets” AJ, davlat tashkilotlari va tijorat banklari vakillari ishtirok etdi.

Tadbir doirasida yirik investitsiya, moliyaviy aktivlarni boshqaruvchi xalqaro kompaniyalar va investitsiya banklari, xalqaro reyting agentliklari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. Uchrashuvlarda mamlakatda amalga oshirilayotgan tarkibiy islohotlar, makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar, bank tizimi, moliyaviy barqarorlik, tashqi sektor statistikasi, inflyatsiya nazorati, xalqaro zaxiralarni boshqarishga oid masalalar yuzasidan atroflicha maʼlumot berildi.

Shuningdek, davlat ulushiga ega tijorat banklari tomonidan amalga oshirilayotgan transformatsiya jarayonlari, 2024 yildagi faoliyatning moliyaviy natijalari va 2025 yilga mo‘ljallangan rivojlanish strategiyasi yuzasidan taqdimotlar o‘tkazildi.

Muzokaralar yakunida kelgusi hamkorlik istiqbollari va investorlar bilan muntazam uchrashib borishga kelishildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling