Valyuta kurslari 25/07/2025
$1 – 12653.48
UZS – -0,85%
€1 – 14871.64
UZS – -0,71%
₽1 – 159.75
UZS – -1,79%
Qidirish
Sport 24/07/2025 Laziza Haydarova dzyudo bo‘yicha Universiadada O‘zbekiston terma jamoasiga ilk medalni olib keldi

Laziza Haydarova dzyudo bo‘yicha Universiadada O‘zbekiston terma jamoasiga ilk medalni olib keldi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 23 iyul kuni o‘zbekistonlik dzyudochilar Jahon yozgi Universiadasida ishtirokini boshladi va ishtirokning birinchi kuniyoq vazni 48 kilogrammgacha bo‘lgan toifadagi sportchi Laziza Haydarova bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Yarim finalgacha yetib kelgan Haydarova uchinchi o‘rin uchun bellashuvda Polsha vakili Paulina Shlaxtaga qarshi gilamga chiqdi va texnik usul orqali vazari ochkosi olib, g‘alaba qozondi.

Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasining medallar jamg‘armasi yana bir bronza medali bilan boyidi va hozirgi holatda jamoa hisobida 2 ta oltin, 4 ta kumush va 6 ta bronza medali mavjud.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling