Valyuta kurslari 20/06/2025
$1 – 12559.26
UZS – -0,47%
€1 – 14413.01
UZS – -0,71%
₽1 – 160.17
UZS – -0,41%
Qidirish
Iqtisod 20/06/2025 Laziz Qudratov BAA rahbariyati vakillari bilan muzokaralar o‘tkazdi

Laziz Qudratov BAA rahbariyati vakillari bilan muzokaralar o‘tkazdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Birlashgan Arab Amirliklariga rasmiy tashrifi doirasida ISSV rahbari Laziz Kudratov BAA energetika va infratuzilma vaziri Suhayl Muhammad Al Mazruiy, BAA investitsiyalar vaziri Muhammad Hassan Alsuwaydi, Abu Dhabi Investment Authority (ADIA) Suveren jamg‘armasi boshqaruvchi direktori shayx Hamed bin Zayed Ol Nahayon hamda BAAning yetakchi kompaniyalari vakillari bilan samarali uchrashuvlar o‘tkazdi.

Muzokaralar davomida tomonlar ilgari erishilgan kelishuvlar ijrosini va yangi investitsiyaviy hamda savdo loyihalarini amalga oshirish imkoniyatlarini muhokama qildilar.

Tashrif doirasida o‘tkazilgan O‘zbekiston–Dubay biznes forumi ikki mamlakatdan 100 dan ortiq biznes vakillarini bir joyga jamladi. Forum va B2B uchrashuvlar chog‘ida eksportni kengaytirish masalalari hamda sanoat ishlab chiqarishi va infratuzilmani rivojlantirish yo‘nalishida istiqbolli o‘zaro manfaatli tashabbuslar muhokama qilindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling