Valyuta kurslari 22/11/2024
$1 – 12844.21
UZS – -0,09%
€1 – 13508.26
UZS – -0,46%
₽1 – 127.35
UZS – -0,63%
Qidirish
Texnologiyalar 22/10/2024 Latviya sobiq prezidenti bilan IT sohasiga yaratilayotgan imkoniyatlardan kengroq foydalanib, yoshlarimizga yuqori daromadli ishlarni ko‘paytirish imkoniyatlari muhokama etildi

Latviya sobiq prezidenti bilan IT sohasiga yaratilayotgan imkoniyatlardan kengroq foydalanib, yoshlarimizga yuqori daromadli ishlarni ko‘paytirish imkoniyatlari muhokama etildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Latviyaning sobiq prezidenti Raymonds Veyonis boshchiligidagi delegatsiya vakillari Raqamli texnologiyalar vazirligida tashrif buyurdi.

Dastlab delegatsiya Yagona integrator – UZINFOCOM tomonidan amalga oshiriliyotgan ishlar hamda loyihalar taqdimoti bilan tanishdi.

Shundan so‘ng Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Latviyaning sobiq prezidenti Raymonds Veyonis hamda Latviyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Reynis Troksha bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvning asosiy mavzusi O‘zbekiston va Latviya o‘rtasidagi raqamli texnologiyalar, IT sektori hamda sun’iy intellekt sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga qaratildi.

Vazir Sherzod Shermatov o‘z nutqida O‘zbekistonning raqamli texnologiyalar sohasida erishgan yutuqlari, IT kompaniyalarga yaratilgan qulay imkoniyatlar va hukumat tomonidan bu sohani rivojlantirish uchun qabul qilingan qarorlar haqida so‘z yuritdi. Jumladan, IT kompaniyalarga berilayotgan soliq imtiyozlari, biznes uchun qulay muhit yaratish va xorijiy kompaniyalarni jalb etish maqsadida qabul qilingan prezident qarorlari haqida ma’lumot berdi.

Vazir O‘zbekistonning IT sektori nafaqat ichki bozor uchun, balki xalqaro maydonda ham raqobatbardosh bo‘lishiga alohida urg‘u berdi. Shuningdek, mamlakatda sun’iy intellekt texnologiyalari va raqamli infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha faoliyatlar olib borilayotgani ta’kidlandi. Bu yo‘nalishda Latviya bilan yaqin hamkorlik qilish O‘zbekiston uchun katta ahamiyat kasb etishini aytib o‘tdi.

Uchrashuv davomida Sherzod Shermatov sun’iy intellekt (AI) rivojlanishiga ham alohida e’tibor qaratib, bu borada O‘zbekistonda olib borilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berdi. U AI strategiyasi O‘zbekistonda odamlar manfaatlariga xizmat qilishi kerakligini ta’kidladi. Sun’iy intellektning insonlar uchun qanday foydali bo‘lishi va ayniqsa tibbiyot sohasida kasalliklarni davolashda qo‘llanilishi mumkinligi haqida fikr yuritildi.

Shuningdek, O‘zbekistonning Saudiya Arabistonining DataVolt kompaniyasi bilan hamkorlikda 5 milliard dollarlik “Yashil” ma’lumotlar markazi barpo etayotgani va bu markaz sun’iy intellekt kompaniyalari uchun qulay energiya manbai bo‘lishi aytib o‘tildi.

Latviyaning sobiq prezidenti Raymonds Veyonis uchrashuv davomida Latviya IT kompaniyalari O‘zbekiston bozoriga qiziqish bildirayotgani ta’kidladi. Shuningdek, ikki davlatning IT sektori orqali hamkorlikni yanada kengaytirish va bu orqali yoshlarni yuqori maoshli ishlar bilan ta'minlash imkoniyatlarini oshirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, Raymonds Veyonis Latviyaning yetakchi kompaniyalari O‘zbekiston bilan sun’iy intellekt va ovozli texnologiyalar sohasida hamkorlik qilishga tayyor ekanini bildirdi.
 

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling