Valyuta kurslari 21/08/2025
$1 – 12466.44
UZS – -0,47%
€1 – 14517.17
UZS – -0,77%
₽1 – 155.42
UZS – -0,35%
Qidirish
O‘zbekiston 21/08/2025 Kriminogen vaziyati murakkab mahallalarda manzilli ishlash mexanizmlari joriy etiladi

Kriminogen vaziyati murakkab mahallalarda manzilli ishlash mexanizmlari joriy etiladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga mahallalarda jinoyatchilikning barvaqt oldini olish tizimi natijadorligini yana-da oshirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–253-son, 18.08.2025 y.) qabul qilindi.

Quyidagilar ushbu qarorni qabul qilishdan ko‘zlangan asosiy maqsadlar etib belgilandi, jumladan:

kriminogen vaziyati murakkab mahallalarni sunʼiy intellektda ishlovchi maxsus dasturiy taʼminotga integratsiya qilingan zamonaviy kuzatuv kameralari bilan to‘liq qamrab olish;

joriy yil yakuniga qadar jismoniy shaxslar mol-mulkini texnik qo‘riqlash qamrovini 30 foizga, yuridik shaxslar mol-mulkini qo‘riqlash qamrovini esa 60 foizga yetkazish.

Shuningdek, ichki ishlar organlarida yuqori malakali kadrlar zaxirasini shakllantirish maqsadida Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida masofaviy taʼlim shakli joriy etiladi hamda bakalavriat dasturi bo‘yicha qabul kvotalari bosqichma-bosqich oshirib boriladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling