Koshta Mirziyoyevni Mustaqillik bayrami bilan tabriklab, Bryusseldagi uchrashuvni eʼlon qildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Yevropa Kengashi raisi Antoniu Koshta O‘zbekiston mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan Prezident Shavkat Mirziyoyevga yo‘llagan tabrigida ikki tomonlama hamkorlik rivojlanayotganini qayd etdi va 24 oktyabr kuni Bryusselda bo‘lib o‘tadigan uchrashuvni eʼlon qildi.
«Bizdagi sheriklik, shubhasiz, yangi bosqichga ko‘tarildi, u samarali va ko‘p qirrali hamkorlik bilan barcha sohalarda namoyon bo‘lmoqda, buning uchun sizning liderligingiz katta ahamiyat kasb etmoqda», — deya taʼkidladi Koshta.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Bryusselda Mirziyoyev bilan Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston o‘rtasidagi kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi Bitimni imzolashga oid masalalar muhokama qilinadi.