Valyuta kurslari 14/03/2025
$1 – 12938.11
UZS – 0,14%
€1 – 14076.66
UZS – -0,18%
₽1 – 149.99
UZS – 0,31%
Qidirish
Madaniyat 13/03/2025 Jonli ijro sanʼati yana-da rivojlantiriladi

Jonli ijro sanʼati yana-da rivojlantiriladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Qonun (O‘RQ-1046-son, 11.03.2025 y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Qonunga ko‘ra, "Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari to‘g‘risida" gi Qonunga Madaniyat vazirligining jonli ijro sanʼatini rivojlantirish yo‘nalishidagi vakolatlari, shuningdek, konsert-tomosha tadbirlarida fonogrammadan foydalanish darajasiga qarab musiqiy va boshqa asarlarni ijro etish usullarini aniqlashtirishni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Bundan tashqari, "Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida" gi va "Reklama to‘g‘risida" gi qonunlarga konsert-tomosha tadbirlarida fonogrammadan foydalanish darajasi haqida axborot berish tartibini belgilaydigan o‘zgartirishlar kiritilmoqda.

Konsert-tomosha tadbiri dasturida ijrochi va asar mualliflari to‘g‘risidagi maʼlumotlar ko‘rsatilishi majburiy qilib belgilanadi.

Konsert-tomosha tadbirlarida musiqiy va boshqa asarlarni ijro etishda fonogrammadan foydalanish darajasi qarab, ijrochilar tomonidan quyidagi usullar bilan ijro amalga oshirilishi mumkin:

jonli ijro;

fonogrammadan qisman foydalangan holda;

fonogrammadan foydalangan holda.

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling