Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Oybеk Eshonov O‘zbekistonning Indoneziyadagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlandi.
Yangi tayinlangan elchi allaqachon Indoneziyaning poytaxti Jakarta shahriga yetib keldi, deya xabar bermoqda IA "Dunyo".
57 yoshli Eshonov Toshkent davlat universitetining sharqshunoslik fakultetini (hozirda - O‘zbekiston Milliy universiteti) va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan.
2008-2017 yillarda u O‘zbekistonni Isroilda elchi sifatida vakillik qilgan. YAngi lavozimiga tayinlanishidan oldin O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida Janubi-Sharqiy Osiyo, Yaqin Sharq va O‘rta Sharq hamda Afrika davlatlari bilan hamkorlik boshqarmasiga rahbarlik qilgan.
Eshonov 2018 yildan 2022 yilgacha O‘zbekistonning Jakartadagi elchixonasini boshqargan Ulug‘bek Ro‘ziqulov o‘rnini egalladi. Roziqulov "Uzavtosanoat" AJ boshqaruvi raisi etib tayinlangan.