Valyuta kurslari 01/07/2025
$1 – 12694.97
UZS – 0,32%
€1 – 14878.50
UZS – 0,41%
₽1 – 161.60
UZS – 0,26%
Qidirish
O‘zbekiston 01/07/2025 Istanbulda xalqaro qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi

Istanbulda xalqaro qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Istanbul shahrida (Turkiya) xalqaro qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Vazirlik maʼlumotlariga ko‘ra, 29 yoshli D.Ye. Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi (juda katta miqdorda firibgarlik sodir etish) bo‘yicha gumon qilingan holda qidiruvga berilgan edi.

U Turkiya hududida qo‘lga olingan va shundan so‘ng Vatanga deportatsiya qilingan. Ayni paytda u tergov harakatlarini amalga oshirish uchun O‘zbekiston huquqni muhofaza qiluvchi organlariga topshirilgan.

Ichki ishlar vazirligi, ushbu shaxsning g‘ayriqonuniy harakatlaridan jabr ko‘rgan barcha fuqarolarni ichki ishlar organlariga murojaat qilib, ariza berish va ko‘rsatma berishga chaqirmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling