Valyuta kurslari 01/07/2025
$1 – 12694.97
UZS – 0,32%
€1 – 14878.50
UZS – 0,41%
₽1 – 161.60
UZS – 0,26%
Qidirish
Iqtisod 30/06/2025 Istanbulda transport bog‘liqligi bo‘yicha Global forum o‘tkazildi

Istanbulda transport bog‘liqligi bo‘yicha Global forum o‘tkazildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 27 – 29-iyun kunlari Istanbulda Transport bog‘liqligi bo‘yicha global forum bo‘lib o‘tdi. Unda 50 dan ortiq mamlakatning transport idoralari, xalqaro tashkilotlar rahbarlari, shuningdek, yirik logistika, qurilish va moliyaviy biznes tuzilmalari vakillari ishtirok etdilar.

Forumni Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an ochib berdi. U transport yo‘laklarini takomillashtirayotgan mamlakatlar nafaqat o‘z jamiyatlarining farovonligiga, balki madaniy va ilmiy rivojlanishiga ham hissa qo‘shayotganini ta’kidladi. 

Forumning panel sessiyalarida O‘zbekiston Respublikasi Transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev ishtirok etdi.

Xususan, forum doirasida tashkil etilgan “Transkaspiy Sharq-G‘arb O‘rta Koridori” taqdimoti. Hududiy hamkorlik salohiyatini amaliy harakatga aylantirish: yagona, raqamlashtirilgan, oshkora va ochiq koridor” mavzusidagi “davra suhbatida” ishtirok etildi.

Mazkur tadbirda O‘zbekiston tomoni bilan birgalikda Turkiya Respublikasi Transport va infratuzilma vaziri Abdulkadir Uralo‘g‘lu, Ozarbayjon Respublikasi Transport va raqamli rivojlantirish vaziri Rashad Nabi Og‘lu Nabiyev, Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha Vitse-prezidenti Antonella Bassani va BMT YEIK Ijrochi kotibi Tatyana Molchan ishtirok etishdi.

Tadbir yakuni bo‘yicha tomonlar quyidagi masalalar yuzasidan o‘zaro kelishuvga erishdilar:

- O‘rta koridorga a’zo barcha davlatlarda texnik standartlar, tranzit tartiblari va bojxona hujjatlarini bosqichma-bosqich muvofiqlashtirish bo‘yicha vazirlar darajasida uchrashuvlarni yiliga bir marotabadan tashkil etish;

 - O‘rta koridor logistikasini raqamlashtirish bo‘yicha yagona “Yo‘l xaritasi”ni tasdiqlash, unda elektron yuk topshiriqnomalari (e-CMR), raqamli bojxona tizimlari va yuklarni real vaqtda kuzatish tizimlarini joriy etish;

- infratuzilma loyihalarni hamkorlikda amalga oshirish va yuk tashish talablarini soddalashtirishni ta’minlovchi ikki tomonlama va ko‘p tomonlama kelishuvlarni ishlab chiqish va boshqalar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling