Valyuta kurslari 22/11/2024
$1 – 12844.21
UZS – -0,09%
€1 – 13508.26
UZS – -0,46%
₽1 – 127.35
UZS – -0,63%
Qidirish
Texnologiyalar 07/11/2024 Istanbul Financial Center tajribasi o‘rganildi va hamkorlik istiqbollari muhokama etildi

Istanbul Financial Center tajribasi o‘rganildi va hamkorlik istiqbollari muhokama etildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Raqamli texnologiyalar vaziri Sh.Shermatov hamda Istanbul Financial Center (IFC) Bosh direktori Axmet Ixsan Erdem o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

Uchrashuvni o‘tkazishdan maqsad IFC tajribasi asosida Raqamli texnologiyalar xalqaro markazini tashkil etish doirasida raqamli texnologiyalar va finteks sohasida xalqaro standartlarini moslashtirish, boshqa davlat tashkilotlari bilan hamkorlik mexanizmlari va mutaxassilarni o‘qitish, O‘zbekistonni mintaqaviy IT HUB ga aylantirishda xalqaro moliya maydonidagi rolini kuchaytirish va iqtisodiy o‘sish uchun yangi imkoniyatlar yaratishdan iborat edi. 

Uchrashuvda IFC ning boshqa davlat tashkilotlari bilan hamkorlik mexanizmlari hamda xalqaro moliya bozorlaridagi tajribasini o‘rganish va xorijiy mutaxassislarni jalb qilish yuzasidan hamkorlik memorandumi imzolashga kelishib olindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling