Valyuta kurslari 18/07/2025
$1 – 12658.19
UZS – -0,79%
€1 – 14672.11
UZS – -1,0%
₽1 – 161.44
UZS – -1,16%
Qidirish
Dunyo 17/07/2025 Isroil Damashqdagi Prezident saroyi joylashgan hududga aviazarbalar yo‘lladi

Isroil Damashqdagi Prezident saroyi joylashgan hududga aviazarbalar yo‘lladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Syria TV telekanali xabariga ko‘ra, Isroil harbiy-havo kuchlari Suriya poytaxti Damashqda Prezident saroyi joylashgan hududga havodan zarba berdi. Materialda taʼkidlanishicha, hujum «Isroil okkupatsiyasi samolyotlari» tomonidan amalga oshirilgan.

Avvalroq Isroil kuchlari Suriya Qurolli kuchlari Bosh shtabi binolari majmuasiga ikki marta zarba bergan edi. Suriya Sog‘liqni saqlash vazirligi maʼlumotiga ko‘ra, oxirgi aviahujumlar oqibatida bir nafar tinch fuqaro halok bo‘ldi, yana 18 kishi jarohatlandi.

Seshanba kuni Isroil mudofaa vaziri Israel Kas agar Damashq Suveyda viloyatidagi durӯzlar jamoasiga nisbatan zo‘ravonlikni to‘xtatmasa, «og‘riqli zarbalar» berish bilan tahdid qildi.

Bungacha janubiy Suriyadagi durӯz qishloqlariga qurollangan guruhlar tomonidan hujum qilingani haqida xabarlar tarqaldi. Bu tahdidga javoban aholi o‘zini himoya qilish bo‘linmalari tashkil qildi, Suriya hukumati esa nizoli hududga armiya va ichki ishlar kuchlarini yubordi. Rasman eʼlon qilingan maqsad — noqonuniy qurolli tuzilmalarni yo‘q qilish.

Suriya mudofaa vazirligi maʼlumoticha, to‘qnashuvlar paytida 30 nafardan ziyod kishi halok bo‘lgan, 100 dan ortiq odam yaralangan. Halok bo‘lganlar orasida «o‘tish davri qurolli muxolifat kuchlari» deb ataluvchi tuzilmaning 20 nafar aʼzosi ham bor.

Suriya rasmiylari tinchlik va dialogga chaqirib, mojaroning yana-da kuchayishi tinch aholi azob-uqubati ortishiga olib kelishini taʼkidlashdi.

Vaziyat keskinlashgan bir paytda Isroildagi durӯz jamoasi yetakchilari Suriyadagi dindor birodarlariga hamdardlik ifoda etib, ommaviy ish tashlash eʼlon qildi. Ularga ko‘ra, durӯzlar hukumat kuchlari tomonidan uyushtirilgan hujumlar qurboni bo‘lmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling