Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
Iordaniya Podshohi Samarqand shahriga keldi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi Podshohi Abdulla II ibn al-Husayn 25-avgust kuni davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi.
Samarqand shahri aeroportida Iordaniya Podshohini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kutib oldi.
Oliy martabali mehmon sharafiga ikki mamlakat davlat bayroqlari ko‘tarildi, faxriy qorovul saf tortdi.
Milliy kuy-qo‘shiq va raqslardan iborat tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.
Tashrifning asosiy tadbirlari ertaga rejalashtirilgan. Bugun davlat rahbarlari birgalikda qadimiy Samarqandning tarixiy obidalarini ziyorat qiladilar.
#Shavkat Mirziyoyev