ILMA 2024 yilda aksiyadorlar foydasiga 2 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ni undirdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2024 yilda kapital bozori ishtirokchilaridan 703 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, shundan 54 tasi yuridik shaxslardan, 649 tasi jismoniy shaxslardan bo‘lib, asosan minoritar aksiyadorlar foydasiga dividend undirish masalasiga tegishli.
Aksiyadorlar foydasiga 2 mlrd. 50 mln. so‘mdan ortiq, shundan 1 mlrd. 550 mln. so‘m yuridik va 500 mln. so‘m jismoniy shaxslar foydasiga undirildi.
Bundan tashqari, 2023 yil 1 oktyabrdan 2025 yil 1 yanvar holatiga aksiyadorlar foydasiga jami 3 mlrd. 250 mln. so‘m undirildi.
Aksiyalar bo‘yicha hisoblangan dividendlarni undirish yuzasidan iqtisodiy sudlarga 20 ta daʼvo arizasi kiritilib, aksiyadorlarning 3,6 mlrd. so‘mdan ziyod dividend pullarini undirish haqida sudning hal qiluv qarorlari chiqarildi.