“Henan Investment Group” kompaniyasi bilan loyihalarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Xitoyga rasmiy tashrifning ishbilarmonlik dasturi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Henan Investment Group” kompaniyasi bosh direktori Chju Xunbin bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Xitoyning energetika va infratuzilmani rivojlantirish sohasidagi yetakchi kompaniyalaridan biri bo‘lgan “Henan Investment” qurilish, sanoat, energetika, ekologiya va sog‘liqni saqlash sohalarida loyihalarni amalga oshirmoqda. Kompaniya aktivlari 50 milliard dollardan ziyod.
O‘zbekistonda ko‘mir konlarini o‘zlashtirishda ilg‘or texnologik yechimlarni joriy qilish, zamonaviy elektr stansiyalari, energiya saqlash tizimlarini loyihalashtirish va qurish, biomahsulotlar ishlab chiqarish, chiqindilarni qayta ishlab, toza energiya ishlab chiqarish bo‘yicha kooperatsiya loyihalarining amaliy jihatlari muhokama qilindi.
Davlatimiz rahbari Xitoy kompaniyasi ishtirokidagi loyihalarni o‘z vaqtida amalga oshirish uchun alohida “yo‘l xaritasi”ni qabul qilish bo‘yicha topshiriq berdi.
#Shavkat Mirziyoyev