Valyuta kurslari 22/11/2024
$1 – 12844.21
UZS – -0,09%
€1 – 13508.26
UZS – -0,46%
₽1 – 127.35
UZS – -0,63%
Qidirish
O‘zbekiston 13/09/2024 Hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga qaratilgan takliflar ilgari surildi

Hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga qaratilgan takliflar ilgari surildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Avval xabar berganimizdek, Xiva shahrida “Mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda Markaziy Osiyo parlamentlari va hokimiyat vakillik organlarining roli” mavzusidagi Markaziy Osiyo davlatlarining II parlamentlararo forumi bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur tadbir doirasida Markaziy Osiyo davlatlari parlamentlari Devonlari rahbarlarining birinchi majlisi o‘tkazildi.

Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Devoni rahbari Mahmud Istamov ishtirok etdi va ma’ruza qildi.
Ta’kidlanganidek, “O‘zbekiston 2030” strategiyasi doirasida Qonunchilik palatasi faoliyatini raqamlashtirishga ustuvor ahamiyat qaratilmoqda. Xususan, keyingi yillarda Qonunchilik palatasi, uning organlari qarorlari hamda deputatlar murojaatlarini elektron shaklda qayta ishlash, deputatlarning masofaviy faoliyat olib borishi, hujjatlarni elektron arxivda tizimli saqlash hamda ularni mobil ilovadan imzolash imkoniyatini yaratish maqsadida “Edo.ijro.uz” moduli orqali palata faoliyatiga elektron hujjatlar kiritildi.

Shuningdek, qonun loyihalarini tizimda saqlash uchun project.gov.uz portali ishga tushirildi. Bugungi kunda qabul qilingan qonunlar ushbu portal orqali Senatga yuborilmoqda. Qonunchilik palatasi deputatlari maxsus planshetlar bilan ta’minlangan bo‘lib, ular yordamida saylov okrugi yoki xizmat safarida bo‘lishidan qat’i nazar, normativ-huquqiy baza va elektron hujjat aylanish tizimidan foydalanish imkoniyatiga ega.

Bundan tashqari, normativ-huquqiy axborotni o‘z vaqtida olish va almashish maqsadida Qonunchilik palatasida milliy ma’lumotlar bazasiga kirish imkoniyatiga ega bo‘lgan hamda boshqa mamlakatlar parlamentlari bilan maxsus platformalar orqali elektron almashish imkonini beruvchi kutubxona (www.parlib.uz) tashkil etilgan.

Bugungi kunda parlament kutubxonasining elektron ma’lumotlar bazasida 30 mingdan ortiq elektron kataloglar, shuningdek, 10 mingdan ortiq elektron kitoblar mavjud. Kitob fondi 40 mingdan ortiq kitobni tashkil etadi.

Tadbirda Qonunchilik palatasi Devoni rahbari tomonidan qonun ijodkorligi yo‘nalishida sun’iy intellektdan foydalanish bo‘yicha tajriba almashish, axborot-tahliliy hujjatlarni to‘plash, tahlil qilish, umumlashtirish, protokol ishlarini ta’minlash hamda hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan takliflar ilgari surildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling