Valyuta kurslari 28/03/2025
$1 – 12913.19
UZS – 0,03%
€1 – 13908.80
UZS – -0,19%
₽1 – 154.17
UZS – 0,57%
Qidirish
Moliya 26/03/2025 Hamkorbank’ning 2024-yildagi sof foydasi 1,4 trln so‘mdan oshdi

Hamkorbank’ning 2024-yildagi sof foydasi 1,4 trln so‘mdan oshdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “Hamkorbank“ 2024-yil yakunlari bo‘yicha 1,4 trln so‘mdan ortiq sof foyda qayd etdi, bu 2023-yilga nisbatan 18,9% ko‘pdir.

Hisobot davrida foizsiz daromadlar sezilarli darajada o'sib, 111,0% ga oshdi, foizli daromadlarda esa 38,4% ga o‘sish kuzatildi.

2025-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, bankning kredit portfeli 19,2 trln so‘mni tashkil etdi (+21,0% y/y), muammoli kreditlar (NPL) ulushi esa 0,6% dan 1,7% gacha ko'paydi.

Hamkorbank aktivlari 36,8%ga o‘sib, 28,7 trln so‘mga yetgan, bank kapitali esa 37,4%ga oshib, 5,7 trln so‘mni tashkil etgan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling