Valyuta kurslari 05/02/2025
$1 – 12998.91
UZS – 0,11%
€1 – 13439.57
UZS – 1,16%
₽1 – 131.29
UZS – 1,12%
Qidirish
O‘zbekiston 18/01/2025 Green Week 2025: O‘zbekiston va FAO hamkorlik masalalarini muhokama qildi

Green Week 2025: O‘zbekiston va FAO hamkorlik masalalarini muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston delegatsiyasi Berlinda (Germaniya) o‘tkazilayotgan “Green Week 2025” xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda.

Ko‘rgazma doirasida Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Akmal Qosimov BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi Tashkiloti (FAO) Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘limi rahbari Reymund Yelle bilan uchrashdi.

Samimiy muloqotda FAO bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalar, hamkorlik istiqbollarini yanada mustahkamlash masalalari, jumladan, qishloq xo‘jaligi yerlarining degradatsiyasiga qarshi kurashish, ekologik boshqaruvni yaxshilash uchun grantlar ajratish va hamkorlikda yangi loyihalarni amalga oshirish, xususan qishloq xo‘jaligi navlari gen bankini yaratishda amaliy ishlarni boshlash masalalari muhokama qilindi.

Reymund Yelle 2024-yilda mamlakatimizda o‘tkazilgan xalqaro forumning muvaffaqiyatli o‘tganini eslatib o‘tib, O‘zbekistonda shu kabi tadbirlarni tashkil etish taklifini berdi.

O‘z navbatida, FAO bilan hamkorlikda qishloq xo‘jaligi sektoridagi yangiliklarni joriy etish, milliy va mintaqaviy loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, texnologiyalarni rivojlantirish va yetakchi xorijiy ekspertlar tajribasidan foydalanish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Uchrashuv yakunida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, istiqbolli loyihalar va amalga oshiriladigan yangi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan strategiyalar belgilab olindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling