Valyuta kurslari 17/07/2025
$1 – 12758.36
UZS – -0,15%
€1 – 14820.11
UZS – -0,74%
₽1 – 163.34
UZS – -0,41%
Qidirish
Moliya 16/07/2025 Fitch “SQB Insurance” sug‘urta kompaniyasi reytingini ‘BB‘ darajasiga ko‘tardi

Fitch “SQB Insurance” sug‘urta kompaniyasi reytingini ‘BB‘ darajasiga ko‘tardi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Xalqaro reyting agentligi Fitch Ratings O‘zbekistondagi “SQB Insurance” sug‘urta kompaniyasining moliyaviy barqarorlik reytingi (IFS) va emitent defoltining uzoq muddatli reytingi (IDR)ni ‘BB-‘dan ‘BB‘ darajasiga oshirdi. Reytinglar bo‘yicha prognoz — “Barqaror”.

Bu ko‘tarilish kompaniyaning yagona aksiyadori — O‘zbekiston sanoat-qurilish banki (Uzpromstroybank, UICB)ning reytinglari bilan bog‘liq. Uning ham uzoq muddatli reytingi ‘BB‘ darajasida qolmoqda, prognoz — “Barqaror”.

Fitch taʼkidlashicha, “SQB Insurance”ning reytinglari Uzpromstroybank bilan bog‘liq va mosdir, chunki sug‘urta kompaniyasi bank uchun strategik ahamiyatga ega hisoblanadi. Ularning guruhdagi o‘zaro integratsiyasi yuqori va boshqaruv nazorati qo‘llanilgan. Bu esa bank tomonidan moliyaviy va operatsion qo‘llab-quvvatlash davom etishi ehtimoli yuqoriligini ko‘rsatadi.

Fitch agentligi kompaniyaning ayrim individual xususiyatlarini ham tahlil qildi:

2024 yil yakunlariga ko‘ra bozordagi ulushi 2,3% bo‘lgani sababli faoliyat ko‘lami nisbatan kichik;

Moliyaviy sug‘urta segmentidagi yuqori konsentratsiya;

Fitch Prism modeliga ko‘ra, 2023 yil oxirida kapitallashuv darajasi “kam” (Weak) deb baholangan.

Shu bilan birga, agentlik “SQB Insurance”ning moliyaviy natijalarini ijobiy baholadi. Milliy hisobot maʼlumotlariga ko‘ra, 2024 yilda kapital rentabelligi (ROE) 36% ni tashkil etdi.

Kompaniyaning investitsiya portfeli deyarli to‘liq (99%) depozitlar va omonatlardan iborat bo‘lib, ular qisqa va uzoq muddatli asosda joylashtirilgan. Ushbu mablag‘lar asosan davlat va yirik xususiy banklarda saqlanadi, ularning reytinglari ‘B‘ va ‘BB‘ darajasida.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling