FIFA Prezidenti Janni Infantino Olimpiya shaharchasiga tashrif buyurdi — UzDaily.uz
Valyuta kurslari 08/09/2025
$1 – 12520.78
UZS – 0,67%
€1 – 14634.29
UZS – 1,06%
₽1 – 153.70
UZS – 0,23%
Qidirish
FIFA Prezidenti Janni Infantino Olimpiya shaharchasiga tashrif buyurdi

FIFA Prezidenti Janni Infantino Olimpiya shaharchasiga tashrif buyurdi

FIFA Prezidenti Janni Infantino Olimpiya shaharchasiga tashrif buyurdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Janni Infantino boshchiligidagi FIFA delegatsiyasi Oʻzbekiston Respublikasi sport vaziri Adham Ikramov, Osiyo Olimpiya kengashi vitse-prezidenti, MOQ raisining birinchi oʻrinbosari Otabek Umarov, OʻFA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov hamda boshqa rasmiylar hamrohligida Toshkent shahrida barpo etilgan Olimpiya shaharchasiga tashrif buyurdi.

2022-yil 9-noyabrda qurilishi boshlangan Olimpiya shaharchasi xalqimizning yuksak bunyodkorlik salohiyati va oʻzbek sportining olamshumul yutuqlari ramziga aylanishi, meʼmoriy jihatdan mukammalligi, energiya tejamkorligi hamda eng ilgʻor innovatsion yechimlarni mujassam qilgani bilan alohida ahamiyat kasb etadi.

100 gektardan ortiq maydonda qad rostlagan mazkur majmua oʻzida bir nechta sport turlari uchun moʻljallangan zamonaviy inshootlarni birlashtiradi. Ular koʻp funksiyali boʻlib, turli sport turlari boʻyicha xalqaro miqyosdagi musobaqalarni oʻtkazishga toʻliq tayyor hisoblanadi.

FIFA Prezidenti Janni Infantino oʻz navbatida ushbu sport infratuzilmasini yuksak baholab, Oʻzbekistonda sport sohasida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar va yaratilayotgan zamonaviy sharoitlarni eʼtirof etdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling