Farrux Haydarov Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘i etib tayinlandi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Ichki ishlar vazirligi tizimida kadr o‘zgarishlari amalga oshirildi.
Vazirlik rahbarining buyrug‘iga muvofiq, podpolkovnik Farrux Haydarov Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi (IIB) boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Avval ushbu lavozimda 2022 yil oktyabr oyidan buyon polkovnik Sanjar Jabborov faoliyat yuritgan.
Endilikda u Andijon viloyati IIB boshlig‘i sifatida ish boshladi.