Valyuta kurslari 18/07/2025
$1 – 12658.19
UZS – -0,79%
€1 – 14672.11
UZS – -1,0%
₽1 – 161.44
UZS – -1,16%
Qidirish
Iqtisod 17/07/2025 Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligida AQSH elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligida AQSH elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025 yil 16 iyul kuni Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov AQSHning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Jonatan Xenik bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida agentlik direktori elchi janoblariga O‘zbekiston farmatsevtika bozorining hozirgi holati, uning eksporti salohiyati va "Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasterida amalga oshirilayotgan loyihalar to‘g‘risida batafsil maʼlumot berdi. Xususan, farmatsevtika klasteri loyihasi doirasidagi infratuzilma, xalqaro standartlarga muvofiq tartibga solish tizimi, R&D markazlari, biotexnologiya korxonalari, genomika markazi va klinik tadqiqotlarga oid imkoniyatlar muhokama qilindi.

Elchi janoblari AQSH kompaniyalari va ilmiy muassasalarining O‘zbekistondagi salohiyatli hamkorlik imkoniyatlariga qiziqishi ortib borayotganini taʼkidladi. Tomonlar AQSH Oliy taʼlim muassasalari va tadqiqot institutlari bilan akademik va ilmiy hamkorlikni rivojlantirish, FDA tartiblari bo‘yicha axborot va o‘quv dasturlarini tashkil etish, klinik tadqiqotlar va texnologiya transferi sohasida hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlarini muhokama qildilar.

Shuningdek, Fulbright, Faculty Enrichment, IVLP va boshqa dasturlar doirasida hamkorlikni kuchaytirish, tadqiqotchilar uchun grant va tajriba almashinuvi yo‘lga qo‘yish masalalari ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv yakunida ikki tomon ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha doimiy muloqot va axborot almashinuvini yo‘lga qo‘yishga kelishib oldilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling