Farg‘ona viloyati hokimi Rotary Club of Tokyo Waseda delegatsiyasini qabul qilib, hamkorlik masalalarini muhokama qildi — UzDaily.uz
Valyuta kurslari 12/09/2025
$1 – 12447.35
UZS – 0,7%
€1 – 14545.97
UZS – 0,46%
₽1 – 146.08
UZS – 0,29%
Qidirish
Farg‘ona viloyati hokimi Rotary Club of Tokyo Waseda delegatsiyasini qabul qilib, hamkorlik masalalarini muhokama qildi

Farg‘ona viloyati hokimi Rotary Club of Tokyo Waseda delegatsiyasini qabul qilib, hamkorlik masalalarini muhokama qildi

Farg‘ona viloyati hokimi Rotary Club of Tokyo Waseda delegatsiyasini qabul qilib, hamkorlik masalalarini muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Yaponiyaning "Rotary Club of Tokyo Waseda" tashkiloti vakillarini qabul qildi

Uchrashuvda viloyat hokimi ikki Davlat rahbarlarining yaqin, o‘zaro ishonchga asoslangan munosabatlari so‘nggi yillarda O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi ko‘plab sohalarda aloqalarni yana-da rivojlanishiga xizmat qilayotganligini taʼkidladi.

Farg‘ona viloyati hamda kunchiqar davlat tadbirkorlari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik aloqalari kengayayotganligi, viloyatimiz tuman va shaharlaridagi tanlab olingan maktablarda Yaponiya taʼlim tajribasi tatbiq etilgani qayd etildi.

Uchrashuvda ayollarni ish bilan band qilish, ularning iqtisodiy faolligini oshirish, raqamlashtirish sohasidagi imkoniyatlarini kengaytirish kabi masalalar borasida fikr almashildi. 

O‘zbekiston xususan, Farg‘ona viloyatiga bo‘lgan ilk tashrif davomida yo‘nalishlar bo‘yicha o‘rganishlar olib borilishi, xotin-qizlar bandligini taʼminlash, ularni tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar bilan tanishish rejalashtirilgan.

Samimiy muloqotda ikki tomonlama manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi.

"Rotary Club of Tokyo Waseda" tashkiloti 1905 yilda tashkil etilgan bo‘lib, jamiyatda ijtimoiy o‘zgarishlarni amalga oshirish hamda insonlar hayotini yaxshilashga intiladigan shaxslarni birlashtirish bilan shug‘ullanadi. Bugungi kunda dunyo bo‘yicha 1,4 milliondan ortiq "Rotary Club" tashkilotlari va 3,8 milliondan ziyod aʼzolari mavjud.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling