Valyuta kurslari 22/11/2024
$1 – 12844.21
UZS – -0,09%
€1 – 13508.26
UZS – -0,46%
₽1 – 127.35
UZS – -0,63%
Qidirish
Iqtisod 02/08/2024 FAO va USAID O‘zbekistonda hayvonlar salomatligini yaxshilash bo‘yicha treninglar o‘tkazmoqda

FAO va USAID O‘zbekistonda hayvonlar salomatligini yaxshilash bo‘yicha treninglar o‘tkazmoqda

Toshkent, O'zbekiston (UzDaily.uz) -- Birlashgan Millatlar tashkilotining Oziq ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) ning AQSH Xalqaro Taraqqiyot Agentligi (USAID) tomonidan moliyalashtirilayotgan «Global salomatlik xavfsizligi – O‘zbekistonda hayvonlar sog‘lig‘ini himoya qilish, «yagona salomatlik» va antimikrob rezistentlik borasida salohiyatni oshirish va zoonoz tahdidlarni yumshatish» loyihasi doirasida Epidemiologik nazorat va hayvonlar salomatligi uchun xavflarni baholash bo‘yicha 5 kunlik o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.

Seminarda veterinariya qo‘mitasi vakillari, hududiy boshqarmalar xodimlari, hayvonlarni muhofaza qilish bo‘yicha mutaxassislar, laboratoriya xodimlari va veterinariya epidemiologiyasi sohasidagi olimlar ishtirok etdi.

Ma’lumki, hayvonlarning infeksion kasalliklari veterinariya xizmati tomonidan nazorat qilinadi. Ushbu kasalliklarning ba’zilari har qanday vaqtda paydo bo‘lishi mumkin, ayrim holatlarda bu katta iqtisodiy yo‘qotishlarga olib keladi hamda, inson salomatligiga, chorva mollari va chorvachilik mahsulotlarining xalqaro savdosiga salbiy ta’sir qiladi. 

O‘quv seminarida Hayvonlarning sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar, hayvonlar kasalliklariga qarshi kurashish shuningdek, hayvonlardan odamlarga yuqadigan kasalliklarga qarshi kurashish, hamda hayvonlarni muhofaza qilish sohasida, xalqaro savdo-sotiqda oziq-ovqat mahsulotlari, ayniqsa chorvachilik mahsulotlari xavfsizligini ta’minlash kabi dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi.

O‘quv dasturida O‘zbekistonning turli viloyatlaridan, shu jumladan Qoraqalpog‘istondan 30 dan ortiq veterinariya mutaxassislari va olimlar hayvonlar sog‘lig‘i tahdidlarini yaxshiroq aniqlash va ularga javob berish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni oshirishdi. Ular amaliyot va guruhiy ishlar orqali kasalliklarni nazorat qilish va xavflarni baholash sohasidagi ko‘nikmalarni mustahkamlaydilar.

O‘quv dasturi Buyuk Britaniyaning Hayvonlar va O‘simliklar Sog‘lig‘i Agentligiga konsultant epidemiolog sifatida xizmat qiluvchi Guitian Xaver tomonidan olib borildi. Janob Xaver shuningdek, Qirollik Veterinariya Kollejining FAO veterinariya epidemiologiyasi bo‘yicha ma’lumot markazi rahbari va Jahon Hayvonlar Sog‘lig‘i Tashkilotining (WOAH) Xavf tahlili va modellashtirish bo‘yicha hamkorlik markazi rahbari hisoblanadi.

«Kuzatuv dasturining maqsadlarini aniq belgilash juda muhim, chunki bu maqsadlar tizimni ishlab chiqish va amalga oshirishda ustunlik qiladi. E’tibor bering, hatto bir xil xavfli kasallik uchun ham maqsadlar bir xil bo‘lishi shart emas. Kasallikdan xoli bo‘lgan mamlakatda brutsellyozni kuzatishdan maqsad erta aniqlash va kasallikdan xolilikni namoyish etish bo‘lsa, endemik mamlakatda maqsad nazorat dasturining samaradorligini baholash bo‘lishi mumkin» deb ta’kidladi Guitian Xaver. 

Seminar so‘ngida Ishtirokchilar Hayvonlar sog‘lig‘i bo‘yicha samarali kuzatuv faoliyatlarini ishlab chiqish va amalga oshirish uchun asosiy epidemiologik prinsiplarni qo‘llash, Hayvonlar sog‘lig‘i masalalarini boshqarish uchun xavfni baholash prinsiplarini qo‘llash, Hayvonlar sog‘lig‘i xavflarini aniqlash va baholash uchun tizimli sifatli baholashni amalga oshirish kabi ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling