Valyuta kurslari 25/11/2024
$1 – 12829.07
UZS – -0,12%
€1 – 13344.80
UZS – -1,21%
₽1 – 124.91
UZS – -1,92%
Qidirish
Iqtisod 11/11/2024 EHF va ETTYni birlashtirish loyihasi muhokama qilindi

EHF va ETTYni birlashtirish loyihasi muhokama qilindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Soliq qoʻmitasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-avgustdagi PF-132-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida elektron hisobvaraq-faktura (EHF) va elektron tovar-transport yuk xati (ETTY)ni birlashtirish boʻyicha Hukumat qarori loyihasi ishlab chiqildi. 

Loyihada:

- tovarlarni realizatsiya qilish transport orqali tashish bilan bir vaqtda amalga oshirilganda, EHF va ETTYni birlashtirgan holda rasmiylashtirish; 

- standart shakldagi EHF va ETTYni alohida ixtiyoriy rasmiylashtirish imkoniyati saqlab qolish;

- ayrim faoliyat turlarining xususiyatidan kelib chiqib, ETTYni rasmiylashtirishning oʻziga xos tomonlari (tuzatuvchi va bir tomonlama ETTYni rasmiylashtirish, tovarlarni qayta ishlash hamda pochta va kuryerlik xizmati orqali tashish) tartibga solish koʻzda turilgan.

Soliq qoʻmitasi tomonidan mazkur loyihani muhokama qilish maqsadida Oʻzbekiston buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi hamda tadbirkorlik subyektlari
vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi. 

Uchrashuvda biznes vakillari tomonidan bildirilgan takliflar asosida qaror loyihasi yanada takomillashtirilmoqda.

Shuningdek, loyiha O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va Prezident huzuridagi Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha jamoatchilik kengashi bilan birgalikda ko‘rib chiqilmoqda.
 

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling