Valyuta kurslari 25/08/2025
$1 – 12357.09
UZS – -0,46%
€1 – 14330.52
UZS – -0,95%
₽1 – 153.49
UZS – -0,88%
Qidirish
Iqtisod 20/05/2025 E-Contract platformasi 19 maydan to‘liq rejimida ish boshladi

E-Contract platformasi 19 maydan to‘liq rejimida ish boshladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Tashqi savdoga oid axborot tizimi — E-Contract platformasi 2025 yil 19 maydan boshlab to‘liq rejimida faoliyat yuritishni boshladi, deb xabar berdi Davlat bojxona qo‘mitasi.

Tizimga ulanish uchun contract.customs.uz veb-saytidan foydalanish tavsiya etiladi. Qo‘mita maʼlum qilishicha, E-Contract ishga tushirilganidan so‘ng, avval faol bo‘lgan Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimi faoliyati to‘xtatiladi.

«E-Contract‘dan foydalanishda savollar yuzaga kelgan taqdirda, quyidagi telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin: 55-502-76-00 (ichki raqamlar: 78-02, 78-03, 78-04, 78-05, 78-06, 78-07, 78-09)», — deyiladi rasmiy bayonotda.

Shuningdek, foydalanuvchilar uchun Telegram‘da maxsus guruh tashkil etilgani ham qayd etilgan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling