Dzyudo bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining birinchi kunida O‘zbekiston to‘qqizta medalni qo‘lga kiritdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Indoneziyada oʻsmirlar toifasidan soʻng yoshlar oʻrtasida dzyudo boʻyicha Osiyo chempionatiga navbat berildi.
Birinchi kunda O‘zbekiston terma jamoasi ajoyib natijalar ko‘rsatib, uchta oltin, uchta kumush va uchta bronza medalini qo‘lga kiritdi.
60 kilogramm vazn toifasida Samariddin Qo‘chqorov, 66 kilogramm vazn toifasida Dilshodbek Hamroyev, 52 kilogramm vazn toifasida Soʻg‘diyona Rafkatova oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Kumush medallar Bunyod Safarov (73 kg), Rayhona Mamatova (57 kg) va Nigina Saparboyeva (63 kg)ga nasib etdi.
Bronzani Muhriddin Ma’rufov (73 kilogrammgacha), Sevinch Murodova (48 kilogrammgacha) va Moxinur Allaberganova (57 kilogrammgacha) qo‘lga kiritdi.