Valyuta kurslari 12/09/2025
$1 – 12447.35
UZS – 0,7%
€1 – 14545.97
UZS – 0,46%
₽1 – 146.08
UZS – 0,29%
Qidirish
Dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston oʻsmirlar terma jamoasi Osiyo chempionatida umumjamoa hisobida birinchi oʻrinni egalladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Indoneziyada dzyudo boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi qitʼa birinchiligi yakuniga yetdi. Bugun oʻtkazilgan bellashuvlarda Oʻzbekiston terma jamoasi 3 ta oltin, 1 ta kumush va 6 ta bronza medallarini qoʻlga kiritdi.

Oltin medallar Jo'rabek Eshpo'latov (-90 kg), Alibek Durdiev (+90 kg) va Intizor Uzakbayeva (-70 kg)ga nasib etdi. Maftuna Ahmedova (-57 kg) kumush, bronza medallarini Sa’dulla Ravshanov va Daulet Turdiyarov (-73 kg), Inomjon Bahodirov (-90 kg), Gulsanam Hazratqulova (-57 kg), Zuhra Umarova (-63 kg) va Zarina Bobonazarova (+70 kg) qo‘lga kiritdi.

Shu tariqa, mazkur yosh toifasida 7 ta oltin, 3 ta kumush va 8 ta bronza medallarini jamgʻargan hamyurtlarimiz umumjamoa hisobida birinchi oʻrinni egallashdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling