Valyuta kurslari 21/08/2025
$1 – 12466.44
UZS – -0,47%
€1 – 14517.17
UZS – -0,77%
₽1 – 155.42
UZS – -0,35%
Qidirish
O‘zbekiston 11/08/2025 DXX: MIB xodimiga hukm o‘qildi

DXX: MIB xodimiga hukm o‘qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — DXX Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi tomonidan viloyat prokuraturasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan faol tadbir natijasida - 1989 y.t., MIB Bekobod shahar davlat ijrochisi o‘z mansab vakolatlaridan foydalangan holda Bekobod tumanida istiqomat qiluvchi fuqaroning aliment qarzdorligi uchun qo‘yilgan xorijga chiqish taqiqini yechib berish evaziga undan 20 million so‘m talab qilib, 13 million so‘mini “pora” tariqasida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan jinoyat ustida qo‘lga olingan.

Maʼlum bo‘lishicha, davlat ijrochisi ushbu “xizmati” evaziga muqaddam 450 AQSH dollari va 1 mln 300 ming so‘m ham olgan.

Aniqlangan holat yuzasidan jinoyat ishlari bo‘yicha Bekobod tuman sudining hukmiga binoan MIB davlat ijrochisi O‘zbekiston Respublikasi JKning 210-moddasi 2-qismi “v” bandi va 168-moddasi 3-qismi “v” bandi bilan aybdor deb topilib, 2 yil muddatga xuquqni muhofaza qiluvchi organlarda, davlat ishtirokidagi tashkilotlarda rahbarlik va moddiy javobgarlik bilan bog‘liq lavozimlarda ishlash xuquqidan mahrum qilinib, 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling