Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “Madaniyat va san’at, axborot-kutubxona va muzeylar sohasida faoliyat olib borayotgan xodimlar ish haqi miqdorlarini oshirish to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.
Ma’lumotga ko‘ra, 2025-yil 1-yanvardan boshlab davlat madaniyat muassasalari va tashkilotlari xodimlarining maoshi 20%ga, 2025-yil 1-iyuldan esa yana 15%ga oshiriladi.
Shuningdek, davlat madaniyat muassasalari va tashkilotlarida faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlarning ish samaradorligini baholash (KPI) tizimi joriy qilinadi.