Valyuta kurslari 22/08/2025
$1 – 12413.79
UZS – -0,42%
€1 – 14468.27
UZS – -0,34%
₽1 – 154.86
UZS – -0,36%
Qidirish
Iqtisod 04/07/2025 China Eastern Airlines O‘zbekistonga parvoz qilish uchun ruxsat oldi

China Eastern Airlines O‘zbekistonga parvoz qilish uchun ruxsat oldi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Xitoy Xalq Respublikasining China Eastern Airlines aviakompaniyasi O‘zbekiston Respublikasiga muntazam parvozlarni amalga oshirish uchun rasmiy ruxsat oldi.

3 iyul, 2025 yil kuni O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi havo aloqalari to‘g‘risidagi hukumatlararo kelishuv asosida “O‘zaviation” agentligi tomonidan aviaperevozchiga tegishli ruxsatnoma berildi.

Ushbu ruxsatga ko‘ra, Sian – Toshkent – Sian yo‘nalishi bo‘yicha muntazam aviareyslar amalga oshiriladi.

Parvozlar Boeing 737-800 turdagi samolyotlarda bajarilishi rejalashtirilgan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling