Valyuta kurslari 22/11/2024
$1 – 12844.21
UZS – -0,09%
€1 – 13508.26
UZS – -0,46%
₽1 – 127.35
UZS – -0,63%
Qidirish
O‘zbekiston 03/11/2024 Chimboy va Amudaryo tumanlarining master-rejalari ishlab chiqilmoqda

Chimboy va Amudaryo tumanlarining master-rejalari ishlab chiqilmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) ekspertlari tomonidan Chimboy va Amudaryo tumanlarining master-rejalari ishlab chiqilmoqda.

Joriy yilning 23-26-oktyabr kunlari MHTI mutaxassislari, Germaniya xalqaro hamkorlik tashkiloti (GIZ) vakillari va xorijiy ekspertlar Qoraqalpog‘iston Respublikasining Chimboy va Amudaryo tumanlarida bo‘lib, bu yerda faoliyat yuritayotgan davlat tashkilotlarining xodimlari hamda mahalliy tadbirkorlar bilan davlat-xususiy sektor muloqotlari (PPD - Public Private Dialogue)ni o‘tkazdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 8-iyuldagi «Hududlarning iqtisodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish va bo‘sh yer uchastkalaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-245-sonli qarorida MHTI va Germaniya xalqaro hamkorlik tashkiloti (GIZ) hamkorligida hududlarni kompleks iqtisodiy rivojlantirishning master-rejalarini ishlab chiqish belgilangan.  

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling