Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar soni 16,4 % ga oshgan
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025 yilning 1 avgust holatiga O‘zbekistonda chet el investitsiyalari ishtirokida jami 16 609 ta korxonalar faoliyat yuritmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Milliy qo‘mitasi maʼlum qildi.
Shulardan 4 094 tasi qo‘shma korxona, 12 515 tasi esa to‘liq xorijiy kompaniyalar hisoblanadi. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan bunday korxonalar soni 16,4%ga ko‘paygan.
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar soni davlatlar kesimida quyidagicha: Xitoy — 4 250 ta, Rossiya — 3 093 ta, Turkiya — 1 982 ta, Qozog‘iston — 1 149 ta, Janubiy Koreya — 671 ta, Afg‘oniston — 622 ta, BAA — 369 ta, Hindiston — 332 ta, AQSH — 322 ta.