Valyuta kurslari 21/08/2025
$1 – 12466.44
UZS – -0,47%
€1 – 14517.17
UZS – -0,77%
₽1 – 155.42
UZS – -0,35%
Qidirish
Iqtisod 12/08/2025 Buxoro NQZ AI-92 benzini narxini pasaytirdi

Buxoro NQZ AI-92 benzini narxini pasaytirdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “O‘zbekneftgaz” maʼlumotiga ko‘ra, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi (BNQZ) AI-92 markali benzinning ulgurji narxini pasaytirdi.

Birja savdolarida yoqilg‘i tonnasining boshlang‘ich narxi 1,97 foizga kamayib, 12,881 mln so‘mdan 12,628 mln so‘mga tushdi. Shu tariqa, birja orqali benzinning bir litri taxminan 9400 so‘mga teng bo‘ladi.

Kompaniyada taʼkidlanishicha, narxning arzonlashi ishlab chiqarish jarayonlarini optimallashtirish va tannarxni pasaytirish bo‘yicha choralar majmuasini amalga oshirish hisobiga imkoni bo‘ldi. Korxona benzin ishlab chiqarish hajmini oshirgani ham narxlar pasayishiga xizmat qildi.

“O‘zbekneftgaz”da qayd etilishicha, bu yoqilg‘i bozori barqarorligini taʼminlash dasturining ilk bosqichi, xolos.

Kelgusida ichki bozor rivojlanishini rag‘batlantirish maqsadida yuqori oktanli yoqilg‘i narxlarini bosqichma-bosqich pasaytirish rejalashtirilgan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling