Bo‘ston tumani hokimining o‘rinbosarlari 65 million so‘m pora bilan qo‘lga olindi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Andijon viloyati Bo‘ston tumani hokimining o‘rinbosarlari korrupsiyada gumonlanib qo‘lga olindi, deb xabar berdi DXX matbuot xizmati.
Maʼlumotlarga ko‘ra, investitsiya masalalari, shuningdek qishloq va suv xo‘jaligi bo‘yicha o‘rinbosarlar o‘zaro til biriktirib, fermer xo‘jaligining 500 ming dollarlik eksport rejasini soxta operatsiyalar orqali yopib berish evaziga fuqarodan 65 million so‘m pora talab qilishgan.
Avgust oyida qishloq va suv xo‘jaligi bo‘yicha o‘rinbosar avans sifatida 25 million so‘mni olgan. Qolgan 40 million so‘mni investitsiya masalalari bo‘yicha o‘rinbosar orqali qabul qilishayotganda ular qo‘lga olingan.
Jinoyat kodeksining 210-moddasi 3-qismi «v, g» bandlari (pora olish) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, gumonlanuvchilar qamoqqa olingan.