Valyuta kurslari 02/04/2025
$1 – 12925.20
UZS – -0,09%
€1 – 13982.48
UZS – 0,32%
₽1 – 152.58
UZS – -1,27%
Qidirish
Turizm 29/03/2025 Bir milliondan ortiq o‘zbekistonlik turistik maqsadlarda xorijga chiqdi

Bir milliondan ortiq o‘zbekistonlik turistik maqsadlarda xorijga chiqdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025 yilning ilk ikki oyida O‘zbekistondan 1 milliondan ortiq fuqaro xorijga turistik maqsadlarda safar qilgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi maʼlum qildi.

Jami holatda bu ko‘rsatkich 1 032,2 ming kishini tashkil etgan bo‘lib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 182,2 mingga yoki 21,4% ga ko‘proqdir.

O‘zbek sayyohlarining eng ko‘p tashrif buyurgan davlatlari qo‘shni mamlakatlar bo‘ldi. Xususan:

Qirg‘iziston — 422 572 kishi

Tojikiston — 193 348 kishi

Qozog‘iston — 154 716 kishi

Shuningdek, sayyohlarning katta qismi quyidagi davlatlarga borgan:

Saudiya Arabistoni — 81 173 kishi

Rossiya — 48 029 kishi

Turkiya — 33 039 kishi

BAA — 31 787 kishi

Misr — 11 078 kishi

Tailand — 10 803 kishi

Vyetnam — 7 876 kishi

Qolgan davlatlarga esa 37 740 nafar fuqaro sayohat qilgan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling